O‘zbekiston

1 sinf o‘quvchilari uchun fevralda qo‘shimcha ta’til beriladi

1 sinf o‘quvchilari uchun fevralda qo‘shimcha ta’til beriladi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda aytilgan.

Nizomga ko‘ra, 1 sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi. Ta’til muddati har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi qarori asosida belgilanadi.

Ma’lumot uchun, maktablarda o‘quv yili 2025 yilning 2 sentyabr kunidan boshlangan va 2026 yilning 25 may kuniga qadar davom etadi. Bunda o‘quv yili davomiyligi 1 sinflar uchun 33 haftani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, maktablarda qishki ta’til o‘tgan yilning 28 dekabridan boshlangandi. 2026 yil 11 yanvar yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.