Rimning “Roma” klubi ustozi Daniyele De Rossi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
41 yoshli italiyalik mutaxassisning ishdan olinishiga jamoa mavsum startidan beri hali g‘alaba qozonmagani ko‘rsatilmoqda. De Rossi qo‘l ositda “Roma” 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Jamoa Italiya A Seriyasining oxirgi turida safarda “Jenoa” bilan bahs olib borib, oxirgi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Hozirda Rim klubiga murabbiylik qilish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida yana bir italiyalik taniqli va tajribali mutaxassis Klaudio Raneri ko‘rsatilmoqda. Eldor Shomurodov o‘z vaqtida Raneri qo‘l ostidagi “Kalyari” klubida ham to‘p tepgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!