Turkiston viloyatida joylashgan Ko‘ksaroy kontrregulyatori bosh gidrotexnika inshootini maxsus texnikalar orqali loy va qumdan tozalash ishlari boshlandi. Kontrregulyator sig‘imi taxminan 3 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bahor mavsumidan boshlab to‘plangan suv Orol dengiziga va Qizilo‘rda viloyatidagi ekin maydonlariga yo‘naltiriladi.
Obyektning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Sirdaryo havzasida suv toshqinlarini oldini olish;
Shardara suv omboriga kelib tushayotgan suv hajmini tartibga solish;
Mahalliy ekotizim va qishloq xo‘jaligini barqaror suv bilan ta’minlash.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!