Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.
Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.
Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.
Tadbirkorlar investitsiya majburiyatini to‘liq bajarishi uchun chiqindi uchun to‘lov intizomi masalasini uzil-kesil hal qilishi lozim bo‘ladi. Chiqindi xizmati bilan barcha korxona va tashkilotlarni qamrab olish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi.
Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!