O‘zbekiston

Yangi hokimga shaharni obod qilish bo’yicha vazifalar berildi

Yangi hokimga shaharni obod qilish bo’yicha vazifalar berildi
xr:d:DAGAtCs9D_s:319,j:53340984481303804,t:24040307

Davlatimiz rahbari Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Umurzoqovga tegishli vazifalar yukladi.

Shuningdek, Mirziyoyev xalq vakillari bildirgan bu yuksak ishonch yangi hokimdan katta masʼuliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qilishini taʼkidladi.

Yangi hokim o‘z o‘rinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan poytaxt aholisi uchun munosib sharoit yaratish, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish, shaharni yanada obod qilish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar rozi bo‘lishi uchun yangicha yondashuv asosida katta marralarni olib, qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Davlatimiz rahbari xalq vakillari bildirgan bu yuksak ishonch yangi hokimdan katta masʼuliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qilishini taʼkidladi.

Yangi hokim o‘z o‘rinbosarlari, tuman hokimlari, sektor va bank rahbarlari, “mahalla yettiligi” bilan poytaxt aholisi uchun munosib sharoit yaratish, investitsiya olib kelib, yangi-yangi yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish, shaharni yana-da obod qilish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar rozi bo‘lishi uchun yangicha yondashuv asosida katta marralarni olib, qattiq ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.

So‘nggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish o‘rinlari 20 mingtaga ko‘paydi.

Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi o‘quvchi o‘rni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bog‘cha, maktab va shifoxonalar soni bo‘yicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.

Shu bilan birga, Yunusobodni chekka qismi bilan poytaxtning markaziy qismidagi mahalla o‘rtasidagi farq juda katta ekani, aholi daromadi va yaratilgan sharoit bo‘yicha vaziyat bir xil emasligi taʼkidlandi.

Masalan, tumandagi ayrim oilalar oylik daromadini faqat kun kechirishga sarflayapti. Ular o‘zi va farzandlari kelajagiga investitsiya kiritish uchun mablag‘ ajrata olmaydi.

Iqtisodiy kompleks tashkilotlarida bu borada tahlil yo‘qligi, turli moliyaviy instrumentlar orqali bu oilalar daromadini oshirishni o‘ylab ko‘rmagani qayd etildi.