Iqtisod

Bugun milliy valyutamiz – so‘m qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi

Bugun milliy valyutamiz – so‘m qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi

1991-1993-yillarda Markaziy bank tomonidan milliy valyutani muomalaga kiritish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.

1993-yil 15-noyabrdan boshlab toʻlov vositasi sifatida “soʻm-kupon” muomalaga kiritildi. «Sum-kupon» pul islohotini o’tkazishda ma’lum tajribaga ega bo’lish uchun o’tish davri valyutasi bo’lib xizmat qildi.

Bu borada yetarli tajriba orttirilgandan so‘ng 1994-yil 1-iyulda O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritildi. Dastlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 (1997), 500 (1999) va 1000 (2001) nominaldagi pullar birin-ketin muomalaga kiritildi.

Markaziy bank yillar davomida pul sifatini doimiy ravishda o‘rganib, uning xavfsizligi va dizaynini takomillashtirib bordi.

2018-yilda yangi dizayndagi ixcham va yengilroq tangalar – 50, 100, 200 va 500 so‘m nominalida muomalaga chiqarildi. Yangi dizayndagi 1000 so‘mlik tanga 2022-yilda muomalaga chiqariladi.

Pul islohotining davomi sifatida banknotning yangi dizayni ishlab chiqildi. Xalqimizga 2021-yilda 2000, 5000, 10000, 20000, 50000, 100000, 2022-yilda esa 200000 so‘mlik yangi banknotalar topshirildi.

Bu banknotalar qog‘oz sifati va himoya qatlamlari jihatidan eskilaridan juda farq qiladi. Pul dizaynida “Buyuk Ipak yo‘li” mavzusi va mamlakatimizning tarixiy shaharlari aks etgan.

Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi, uning oʻziga xosligini aks ettiruvchi va dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzidir. Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, eng avvalo, bu xalqning o‘ziga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.