Uning yozishicha, qonunchilikda belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ko‘p kattalikda oshirib yurganlik uchun hech qanday ikkilanishsiz transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilish kerak.
Bunday choralarni ishga tushirishdan maqsad shu kunlarda katta tezlikda harakatlanib, buni o‘z ijtimoiy sahifalariga joylashtirayotganlar ko‘paygani va bu boshqalarni ham qoidabuzarliklarga jalb qilayotganida deb ta’kidlagan. Bu esa fojiali halokatlarga, begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Bu kabi noxush xatti-harakatlarning oldini olib, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish zarur, deb hisoblayman. Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ko‘p kattalikda oshirib yurganlik uchun hech qanday ikkilanishsiz transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilish taklifini bildiraman. Ya’ni shahar ichida tezlik 60 etib belgilangan bo‘lsa, 100 tezlikda yuradigan ‘shovvoz’ haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi shart”, deb yozadi Xolmaxamatova.
Deputat shu yo’l bilan fuqarolar mas’uliyatini oshirish va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning hayotini saqlash hamda avtohalokatlar soni kamayishiga erishishga umid bildirgan.
2024-yilning 5 oyida mamlakat bo‘yicha sodir bo‘lgan umumiy yo‘l-transport hodisalarining soni har 100 ming aholiga 7,2 tani tashkil etgan bir paytda ushbu salbiy ko‘rsatkich Toshkent shahrida 12,8 taga, Toshkent viloyatida 12,2 taga, Namangan viloyatida 9,1 taga va Farg‘ona viloyatida 8,4 taga yetgan.