Tadqiqotlar mikro va nanoplastiklarni aniqlashga ixtisoslashgan ikkita laboratoriyada o‘tkazilgan. Olimlar Schweppes va Coca-Cola gazli ichimliklarni 1, 10 va 20 marta ochgandan so‘ng undagi mikroplastik zarrachalar miqdorini o‘lchagan. Natijada baklajkalar qopqog‘i qanchalik ko‘p ochilsa, gazli ichimlikka shunchalik ko‘p mikroplastik zarrachalar tushgan.
Taxminan 20 marta ochilganidan keyin bir litr Cola ichida 46 tagacha mikroplastik bo‘laklari topilgan. Bundan tashqari, nanozarrachalar ham aniqlangan, ularning inson to‘qimalari bilan reaksiyaga kirishishi ehtimoli yuqori.
Tadqiqot o‘tkazgan Agir pour l’Environnement tashkiloti darhol Fransiyaning oziq-ovqat, atrof-muhit, salomatlik va xavfsizligi agentligi (ANSES) hamda Raqobat, iste’molchilar bilan ishlash va firibgarlikka qarshi kurash bosh boshqarmasiga (DGCCRF) murojaat qilib, tezkor surishtiruv o‘tkazishni talab qilgan.
Coca-Cola munosabati
Schweppes va Coca-Cola kompaniyasi vakillari mazkur tadqiqotga munosabat bildirgan. Kompaniyalar ichimlik idishlarining barchasi oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga javob berishini va mikroplastika, “agar u aniqlansa ham qasddan idishga kiritilmasligini” bildirgan.
“Hozirgi kunda plastik zarralarni yutish inson salomatligi uchun muammo tug‘dirishiga oid ilmiy dalillar yo‘q”, deya ta’kidlagan qilgan Coca-Cola kompaniyasi.