500 dan ortiq mualliflar qurboni bo’lgan va mahalliy firibgarlar tomonidan ishlab chiqilgan laxatron sxema aniqlandi.
OAK ro’yxatidagi jurnallarning soxta(klon) veb-saytlarini yaratish, odamlarni aldash orqali o’z biznesini amalga oshiradigan va asosan Telegram ijtimoiy tarmog’ida faoliyat olib boradigan firibgarlar guruhi paydo bo’ldi.
Bu firibgarlar dastlab OAK ro’yxatidagi «Berlin Studies – Transnational Journal of Science and Humanities» jurnalining soxta(klon) veb-saytini yaratib, juda ko’plab sodda va ishonuvchan mualliflarni aldashgan.
Firibgarlar 2021-yil 1-mart kuni OAK ro’yxatidagi yana bir jurnal – «British Medical Journal» jurnalining soxta klon veb-saytini ishga tushirishgan. Asos: https://www.whois.com/whois/ejournals.id
«Tuya to’ydi, fil to’ydi Sen to’ymading odamzod» maqolani o’zlari uchun shior qilib olgan firibgarlar biroz vaqt o’tib, (2021-yil 2-aprel kuni) navbatdagi OAK ro’yxatidagi «Art of Medicine. International Medical Scientific Journal» jurnalining soxta klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/artofmedicineimsj.us
Hammasi silliq ketayotganini his qilgan firibgarlar sal o’tib(2021-yil 25-iyun kuni) OAK ro’yxatidagi «Harvard Educational and Scientific Review» jurnalining soxta klon veb-saytini yaratishadi. Asos: https://www.whois.com/whois/journals.company
Eng achinarlisi ushbu jurnallarning rasmiy veb-saytlarida mamlakatimiz mualliflarining birorta ham maqolalari e’lon qilinmagan.
Hozirgi kunda «Berlin Studies – Transnational Journal of Science and Humanities», «British Medical Journal”, “Art of Medicine. International Medical Scientific Journal” va “Harvard Educational and Scientific Review” jurnallari Oliy Attestatsiya Komissiyasining «dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”dan chiqarilgan.
Eng qizig’i firibgarlar «o’tgan vaqt» degan innovatsion laxatron sxema orqali bugungi kunda ham maqolalar qabul qilishni davom ettirmoqda. Ular ishlab chiqqan laxatron sxema juda oddiy bo’lib, jurnallarning soxta(klon) veb-saytlarini yaratish orqali, sodda va ishonuvchan mualliflarimizga jurnallarning eski sonlariga(задним числом) maqolalar chop qilishni tavsiya qilishmoqda va maqolalarni o’zlari yaratgan jurnallarning soxta(klon) veb-saytlariga joylashtirishmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!