Yangiliklar

Qozog‘iston 70 foiz ko‘mirli IES va qozonxonalardan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 70 foiz ko‘mirli IES va qozonxonalardan voz kechmoqchi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Qozog‘iston Energetika vazirligi respublikaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga yordam beradigan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, deya xabar beradi OTB.

Bokuda bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT konferensiyasi SOP-29 doirasida imzolangan hujjatga ko‘ra, hamkorlik ko‘mirli IESlar faoliyatini to‘xtatish yoki ularni qayta tiklanadigan manbalar yoki boshqa kam uglerodli energiya texnologiyalariga o‘tkazishga qaratiladi.

Dastlab ko‘mirda ishlaydigan IES va qozonxonalardan qaysi biri muddatidan oldin foydalanishdan chiqarish uchun eng mos ekanligini aniqlash maqsadida texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib boriladi.

“1,5 daraja haroratda qolish (quyida tushuntirilgan) qazib olinuvchi yoqilg‘idan imkon qadar tezroq toza energiyaga o‘tishni anglatib, OTB dasturi buni har bir mamlakatning energiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirilgan tarzda amalga oshirishga qaratilgan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqlim banki sifatida biz Qozog‘istonga o‘z iqtisodiyotini adolatli va inklyuziv tarzda karbonsizlantirishda yordam berish vhamd Markaziy Osiyoda toza energiyaga o‘tish jarayonini qanday tezlashtirish mumkinligini ko‘rsatish tarafdorimiz”, — dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha diretkori Yevgeniy Jukov.

Parij kelishuviga binoan, mamlakatlar o‘rtacha global sirt haroratining uzoq muddatli o‘sishini sanoatgacha bo‘lgan darajadan (1850-1900 yillarga ko‘ra) 2 S dan past ushlab turish uchun issiqxona gazlarining global emissiyasini sezilarli darajada kamaytirishga va buni cheklash bo‘yicha saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishib olgan.

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, o‘rtacha haroratning sanoatgacha bo‘lgan darajadan 1,5 ° S dan yuqori bo‘lishi ilk bor 2015-2016 yillarda qayd etilgan, bu ham texnogen iqlim o‘zgarishi, ham kuchli El Ninyo tabiiy hodisasi (Tinch okeanining ekvatorial qismida suv yuzasi haroratining o‘zgarishi) sabab bo‘lgan. 2023 yil oxiri va 2024 yil boshida ham oylik o‘rtacha global harorat anomaliyalari 1,5 S dan oshdi. O‘rtacha harorat 1,5 S dan oshadigan birinchi 12 oylik davr 2023 yil fevral – 2024 yil yanvar oylarida sodir bo‘ldi.

OTB nafaqat ko‘mir elektr stansiyalarini qurish loyihalariga, balki o‘tish davri sifatida qayta tiklanadigan energiya manbalarini va gaz ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga eʼtibor qaratib, atom elektr stansiyalari qurilishiga ham mablag‘ ajratadi.

25 milliard tonna ko‘mir zaxirasiga ega Qozog‘iston dunyoda sakkizinchi o‘rinda turadi. Respublikadagi barcha elektr energiyasining 70 foizga yaqini arzon ko‘mir yoqish hisobiga ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, energetika sektori, jumladan, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish Qozog‘istondagi barcha issiqxona gazlari chiqindilarining 80 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Qozog‘iston o‘zining uzoq muddatli strategiyasining bir qismi sifatida 2060-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni rejalashtirmoqda. Bunga qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 50 foizga oshirish hisobiga erishish kutilmoqda – 2024-yil oxirida bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etdi.