Al-Sharaa, shuningdek, mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amal qiladigan vaqtinchalik qonunchilik kengashini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, Suriyaning yangi hukumati armiya va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yubordi — ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi tuzilma paydo bo‘ladi. Shuningdek, 1963-yilda Suriyada hokimiyatga kelgan Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi tarqatib yuborilgani e’lon qilindi. 2000-yildan buyon uning bosh kotibi Bashar Asad edi.

Bir vaqtlar “Al-Qoida”ga a’zo bo‘lgan Sharaa milliy konferensiya, inklyuziv hukumat va yakuniy saylovlarni o‘z ichiga olgan siyosiy o‘tishni boshlashga va’da berdi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘rt yilgacha davom etishi mumkin, deb ta’kidlaydi Reuters.
  • 2024-yil dekabr oyi boshida Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlariga muxolifatda bo‘lganlar Suriya poytaxti Damashqqa bostirib kirib, prezident rejimini ag‘darganini e’lon qilgandi. Asad mamlakatni 24 yil, oilasi esa 1971-yildan buyon boshqargan. U mamlakatdan qochib, oilasi a’zolari bilan Rossiyada boshpana topgan.
  • BBC nashriga bergan intervyusida Ahmad al-Sharaa Suriya o‘z qo‘shnilari yoki G‘arb uchun xavf tug‘dirmasligini aytgandi. U urushdan tinkasi qurigan mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgan va Suriya navbatdagi Afg‘onistonga aylanishi mumkinligi ehtimolini rad etgan.