Oʻzbekiston Superligasida ayol hakamlarning faol ishtiroki futbolimizda gender tengligi va professionalizm yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Kristina Sereda, Zilola Rahmatova, Gulshoda Saitqulova va Dildora Rustamova kabi hakamlarning turli uchrashuvlarda faoliyat olib borishi nafaqat yosh ayollarga, balki butun sport jamoatchiligiga ijobiy motivatsiya beradi.

Ayniqsa, 2025-yilgi mavsumda ilk bor ayol hakamlar yordamchi hakam sifatida ishlayotgani — Oʻzbekiston futbolida yangi bosqichni boshlab beradi.
Bu kabi yangiliklar nafaqat o‘yinda adolatni ta’minlaydi, balki jamiyatda ayollarning sportdagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!