Jamiyat

O‘zbekistonda chiqindi tashlash holatlari bo‘yicha jarimalar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda chiqindi tashlash holatlari bo‘yicha jarimalar ma’lum qilindi

2025-yil yanvaridan noyabrigacha O‘zbekistonda chiqindilarni belgilangan va noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 9817 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Ushbu holatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan onlayn IP-kameralar orqali kuzatilgan.

  • Transport vositalari tomonidan sodir etilgan: 3714 ta

  • Fuqarolar tomonidan sodir etilgan: 6103 ta

  • Jarima qo‘llangan holatlar: 2232 ta (956 million 887 ming so‘m jami)

  • Chora ko‘rilayotgan holatlar: 7585 ta

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p holatlar:

  • Andijon: 3001

  • Namangan: 2937

  • Farg‘ona: 1645

  • Samarqand: 981

  • Toshkent viloyati: 434

  • Surxondaryo: 250

  • Sirdaryo: 144

  • Toshkent shahri: 121

  • Xorazm: 117

  • Navoiy: 99

  • Qashqadaryo: 70

  • Jizzax: 16

  • Buxoro: 2

Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar:

  • 2 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi.

  • 812 ta texnika yordamida 585 ta mahalladan 14 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

  • 8 573 ta ko‘p qavatli uy hududi tozalandi, 2 890 tup daraxt parvarish qilindi.

  • Chiqindidan qarzdorlarning elektr to‘lovi vaqtincha cheklandi (6 mingta abonent).

Yangi tartiblar:

  • 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun uyma-uy to‘lovlar to‘xtatiladi.

  • Sanitar tozalash xizmatlari uchun faqat ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov olinadi.

IP-kameralar chiqindilarni kuzatish bilan birga boshqa ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga ham xizmat qiladi.

Prezident 2025-yil avgustida chiqindilarni qayta ishlash loyihalarini ko‘rib chiqib, xizmatlar aholi uchun qulay bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.