“Hududgazta’minot” AJning yirik iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Turg‘unboy Beknazarovning ma’lum qilishicha, bu yilgi qish mavsumida Farg‘ona vodiysi hududlarida metan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (CNG) kuzatiladigan navbatlarni kamaytirish maqsadida yangi loyiha amalga oshiriladi.
Uning aytishicha, sovuq kunlarda havo haroratining keskin pasayishi natijasida gaz quvurlarida bosim pasayadi va gaz tanqisligi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda ulgurji iste’molchilarning ayrim toifalariga vaqtinchalik cheklovlar qo‘llanadi. Bu cheklovlar mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar asosida joriy etiladi.
Beknazarovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil hukumat tomonidan vodiy viloyatlaridagi vaziyatni yengillashtirishga qaratilgan yangi loyiha ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha qish mavsumida aholining metan yoqilg‘iga bo‘lgan talabini qondirish va “zapravka”lardagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!