Yovvoyi hayvon va o‘simlik turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiyaning 20-sessiyasi (CITES CoP20) dunyo media makonida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Konferensiyani global ekologik muzokaralarni yoritishga ixtisoslashgan eng nufuzli nashrlardan biri — Earth Negotiations Bulletin (ENB) ham batafsil kuzatib bormoqda.
ENB — 1992-yilda tashkil etilgan va Xalqaro barqaror rivojlanish instituti (IISD) tomonidan nashr etiladigan xalqaro tahliliy platforma bo‘lib, BMT muzokaralari va yirik ekologik anjumanlarni tezkor, xolis va chuqur tahlil bilan yoritib keladi. Nashr jamoasi Samarqanddagi sessiya davomida ham kundalik reportajlar va ekspertlar sharhlarini taqdim etadi.
80 dan ortiq OAV akkreditatsiyadan o‘tdi
CITES CoP20 jarayonlarini yoritish uchun 80 dan ortiq ommaviy axborot vositalari, shundan 20 ga yaqin xorijiy OAV akkreditatsiyadan o‘tgan. Xorijiy nashrlar orasida:
-
Euronews,
-
TASS, RIA Novosti (Rossiya),
-
TRT Avaz (Turkiya),
-
CBC Azerbaijan, Xalqqazeti (Ozarbayjon),
-
Qazaqstan TV,
-
Farsnews (Eron),
-
Jumhuriyat (Tojikiston),
-
CGTN (Xitoy)
kabi nufuzli media tashkilotlari mavjud.
Xalqaro jurnalistlarning katta qiziqishi CITES CoP20 ning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi ekologik muammolarni muhokama qilishdagi muhim rolini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!