Siyosat

Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

1-dekabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston Respublikasida Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva uchrashuv tafsilotlarini o‘z telegram-kanalida yoritib, ikki xalqni bog‘lab turuvchi tarixiy yaqinlik va madaniy mushtaraklikka alohida urg‘u berdi.

Uning ta’kidlashicha:

  • O‘zbekistonda eng katta tatar diasporasi istiqomat qiladi;

  • Tatariston Rossiyada O‘zbekiston uchun yetakchi ta’lim hamkorlaridan biri bo‘lib, bu hududda 3,5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikning izchil davom etishiga ishonch bildirdi va aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini qayd etdi.