Jamiyat

Sirdaryodagi portlashdan so‘ng mas’ullardan biri qamoqqa olindi

Sirdaryodagi portlashdan so‘ng mas’ullardan biri qamoqqa olindi

Guliston shahrida joylashgan oshxonada sodir bo‘lgan gaz portlashi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa tafsilotlari

Voqea 2-dekabr kuni soat 10:49 da “Taraqqiyot” MFY hududidagi bozorda joylashgan ovqatlanish shoxobchasida ro‘y bergan. Portlashdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lganlar borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi esa bergan rasmiy axborotida vafot etganlar yo‘qligini bildirgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IIBning 3-dekabrdagi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi
(mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Hokimiyat vakillari vafot etganlar bor-yo‘qligi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.