Jamiyat

Toshkent shahri va viloyatida 205 ming litrdan ortiq sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida 205 ming litrdan ortiq sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatidagi AYOQSHlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 205 ming litrdan ortiq sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Tekshiruv natijalari

Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, jami 70 ta AYOQSHdan 146 ta namunalar olingan. Laboratoriya tahlillari 18 ta holatda 205 389 litr yonilg‘i davlat standartlariga mos kelmasligini ko‘rsatgan.

Sifatsiz yonilg‘i aniqlangan shoxobchalarga mahsulotni sotuvga chiqarmaslik va uning sifatini qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Gaz tizimlaridagi muammolar

Shu bilan birga, Sergeli tumanida o‘rganilgan 66 ta gaz taqsimlash punktidan 54 tasida belgilangan me’yorlardan ortiqcha gaz sizib chiqish holati qayd etilgan. Ulardan 23 tasi joyida bartaraf etilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot

Joriy qish mavsumida vodiy viloyatlaridagi metan zapravkalarni gaz bilan ta’minlash uchun maxsus ko‘chma konteynerlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, Prezidentning 18-noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-dekabridan boshlab Ai-80 benzini sotuvi to‘xtatilgani eslatib o‘tildi.