Intervyu

“Mahallani qadriyat sifatida saqlab qolmoqchi bo‘lsak, uni “siyosiy buyurtmalar”ni bajaradigan mehanizmga aylantirmasligimiz kerak” – Obidjon Latipov

“Mahallani qadriyat sifatida saqlab qolmoqchi bo‘lsak, uni “siyosiy buyurtmalar”ni bajaradigan mehanizmga aylantirmasligimiz kerak” – Obidjon Latipov

Jamoatchilik faoli Obidjon Latipov Demokrat.uz saytiga bergan intervyusida mahalla instituti va uning tobora ma’muriy tuzilmaga aylanib borayotgani yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Nazarimda, masala mohiyatiga yaxshilab e’tibor bersak, mahalla instituti vaunda oxirgi o‘zgarishlarning sabablarini tushunishimiz osonroq bo‘ladi. Birinchidan, mahalla bu nodavlat tashkilot. Ya’ni jamoatchilik birlashmasi. Ming yillar avval u qanday qilib tashkil bo‘lgan edi? Bu avvalo muammoli vaziyat, birkishi yecha olmagan holatlarni insonlarning birgalashib yechish ko‘nikmasi edi.Mahalla avvalo insoniy fitratdan kelib chiqqan tabiiy jamoat birlashmasi bo‘lganva ming yillardan beri xuddi shu narsa amalga oshirilgan. Yaqin tarixda u orqalihasharlar qilingan, ko‘prik qurilgan, yo‘l qurilgan va boshqa ishlar osonroq tashkilqilingan. O‘sha davrlar uchun bu juda unikal yechim edi.

Ammo qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, biz oxirgi 30 yillikda mahalla institutini turlixil formalarga solib ko‘ryapmiz. Shu formalar bilan uning asl mohiyatini har safarbuzaverganimiz uchun kutilgan samara ham bo‘lmayapti. Bugungi kundagiqonunchilik bo‘yicha mahalla o‘zini o‘zi boshqaruvchi organ sifatida nodavlattashkilot. Davlat esa qonunchilik bo‘yicha nodavlat tashkilot ishiga aralashmasligikerak. Lekin amalda shunday bo‘lyaptimi? Amalda aksincha, mahalla davlatorganlarining buyrokratik apparatining bitta murvatiga aylanib qolgan. Natijada butizimda faoliyat yuritayotgan, mahallani qadriyat sifatida tushinib, shu qadriyatgaxizmat qilib kelgan insonlar har xil buyrokratik topshiriqlar yoki ijromexanizmlarini quliga, yugirdagiga aylanib qoldi. Buni sezgan va o‘zini hurmatqilgan insonlar esa undan sekin-asta uzoqlashib boryapti.

Bugungi kunda mahallaga nisbatan 3 ta alternativ yo‘l mavjud. Mahallani institutsifatida saqlab qolishimiz kerakmi, yo‘qmi degan savol bor. Kerak deganimizdaham, bu qaysi shaklda bo‘lishi kerak, o‘sha biz bilgan qadriyat shaklidami yokibugungi zamon talabidan kelib chiqqan holda transformatsiya qilingan, mustaqilshaklda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan tuzilma shaklida bo‘lsinmi yoki yaqintarixda ko‘rgan, SSSR davridagi yoki mustaqillik davridagi kabisiyosiybuyurtma”ni amalga oshiradigan ijro apparatining bitta murvati sifatidaishlaydigan, quyi bo‘g‘inda davlat siyosatining o‘yinlarini amalga oshiradiganquloqlik”ni amalga oshiradigan, nazoratni, kuzatuvni amalga oshiradigan, chirkinishlarni amalga oshiradigan idoraga aylanib qolsinmi? Oldin aniqlab olishimiz kerak.

Natijada, biz qadriyat o‘laroq mahallaga hayrixohligimiz bir yerda qolib, oddiyodamlarda ham, mahalladan uzoqlashishdek bir kayfiyat shakllangan.  

Hozir qonunchilikdagi bo‘shliqlar sabab yana shunaqa bir vaziyat bo‘lib qoldiki, unga ko‘ra, mahalla o‘zining yetakchisini saylashi kerak bo‘lgan bir paytda unihokimdan rozilik olib keyin saylaydigan bo‘lishgan.

Mavhumlik kelib chiqishining asosiy sababi biz qaysi yo‘ldamiz o‘zi, aniqlabolmadik. Mahalla agar davlat apparati, vazirlik, viloyat, shahar, tuman hokimligining quyidagi yana bir bo‘g‘ini bo‘lsa, uning samaradorligini qaytako‘rib chiqish kerakdir. Yo‘q, bu nodavlat tashkilot, jamoat birlashmasi desak, unio‘ziga bog‘liq bo‘lmagan ishlardan qutqaraylik. Ochig‘ini aytganda ming yilliktariximizda mahalla faoliyatiga bunchalik dahl qilingan emasdi. Shu darajada dahl qilindiki, uni vazifasi bugunga kelib butunlay o‘zgarib ketdi. Agar mahallanijamoatchilik bo‘lib masala yechadigan qadriyat sifatida saqlab qoladigan bo‘lsak, mana shunga kerak bo‘ladigan resurslarni oldimizga taxlab olishimiz kerak. Oddiybir misol keltiraman: mahalla raislari hokimlarning majlislarida qatnashgan bo‘lsa, hokim to‘g‘ridan to‘g‘ri unga dahl qilishi, haoqatlashi, urishishi, dakki berishimumkin. Aslini olganda mahalla raisi qanaqa bo‘lishi kerak edi? U yuqorida aytibo‘tganimizdek, ma’lum bir hududda yashovchi aholining muammolari, dardi ustidaishlaydigan, tashabbuskor inson edi va u davlat bilan mana shu manfaatlardankelib chiqqan holda muloqot qiluvchi platformasi edi. Bugun teskari ishlayapti. Hozir gaplashayotgan mavzumiz ham huddi shu narsaning aksi, tepadan buyruqberilyapti. Aslini olganda nodavlat tashkilotlar teskari ishlaydi, pastdan tepagaishlashi kerak, buyurtmani fuqarolar beradi, aslini olganda mahalla raislarinihokim tasdiqlayapti. Men aytgan bo‘lardimki, biz jamoatchilik shaklida mahallanirivojlantirmoqchi bo‘lsak, hokimni mahalla raislari tasdiqlab bersin. Biz demokratiyaning eng asosiy ustuni bo‘lgan kuchli fuqarolik jamiyati haqidagapirar ekanmiz, biz bilgan qadriyat shakllarini mustahkamlashdan boshlashimizkerak. Uni o‘z yo‘rig‘imizga yurgizadigan, “siyosiy buyurtmalar”ni amalgaoshiradigan mexanizmlarga aylantirmasligimiz kerak.

To‘liq intervyuni tomosha qilishingiz mumkin:

 

“Davlat va jamiyatga nisbatan norozilikni kuchaytiruvchi amaliyot” – faollar MFY yettiligiga berilgan madhiya kuylash topshirigʻi haqida