Hujjatda garovga olinganlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilish hamda G‘azoga “shoshilinch yordam oqimini kengaytirish zarurligi” talab qilingan. Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 14 tasi rezolyutsiya uchun ovoz bergan, AQSH betaraf qolgan.
«Zudlik bilan sulhni talab qilish uchun olti oy kerak bo‘ldi, bu davr mobaynida 100 000 dan ortiq falastinlik o‘ldi va nogiron bo‘ldi. Ularning sinovlari tugashi kerak, darhol, hoziroq», — dedi Falastinning doimiy vakili Riyod Mansur elchilarga.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHning rezolyutsiyaga veto qo‘yishdan bosh tortmasligi avvalgi pozitsiyasidan “aniq chekinish” ekanini va Isroilning harbiy harakatlariga hamda HAMAS tomonidan ushlab turilgan 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilishga urinishlariga zarar yetkazishini aytdi.
«Bizning ovozimiz o‘zgarmaydi va takror aytaman, bu bizning siyosatimizdagi o‘zgarishlarni anglatmaydi. Siyosatimizda hech narsa o‘zgarmagan. Hech narsa», — dedi Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilni g‘azoliklarga yordam ko‘rsatish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlashga va BMTning Falastin qochqinlar bo‘yicha agentligi UNRWA konvoylariga G‘azo shimoliga yetib borishiga ruxsat berishga chaqirdi.
AQSH mazkur rezolyutsiyasini bloklamagani G‘azo sektoridagi operatsiya yuzasidan Vashington va Isroil o‘rtasida kelishmovchilik kuchayib borayotganidan dalolat beradi.