Xabarga ko‘ra, bu haqda hozircha hech qanday rasmiy e’lon qilinmagan.

Guruhning fikricha, G‘azoga yuborilgan oziq-ovqat yordamini tarqatish va ulardan foydalanishda tub o‘zgarishlar bo‘lmasa, ocharchilik kamida iyulgacha davom etishi mumkin.

Hisobot mualliflari qamalda qolgan hududda odamlar, jumladan, bolalar ochlikdan halok bo‘layotganini aytgan, biroq ularning ma’lumot to‘plash imkoniyatlari urush tufayli cheklanganini ta’kidlagan.

Ma’lumotga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 20 foizi haqiqatda och qolsa, bolalarning kamida 30 foizi to‘yib ovqatlanmasa, har 10 ming nafar kishidan ikki nafar katta yoki to‘rt nafar bola har kuni ochlik hamda uning asoratlaridan vafot etgan taqdirda mazkur hududda ocharchilik mavjud hisoblanadi.