1-oktabr kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 09:00 da) AQShda shatdaun boshlandi. Bu Kongress yangi moliyaviy yil uchun byudjetni qabul qila olmagani sababli yuz berdi.
Respublikachilar va Demokratlar o‘rtasida kelishuv bo‘lmagani tufayli vaqtinchalik qonun muddati 30-sentabrda tugadi. Natijada hukumatning katta qismi o‘z faoliyatini davom ettirish uchun mablag‘siz qoldi.
Oq uy shatdaun uchun Demokratlarni aybladi.
Shatdaun oqibatida federal muassasalarning faoliyati to‘xtashi, xizmatlarda uzilishlar yuz berishi va bu holat AQSh iqtisodiy hamda siyosiy tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!