Bugun tundan boshlab 6-noyabr tongigacha yilning eng katta va eng yorqin to‘liq Oyi — Bobroviy superoy osmonni bezaydi. Ushbu paytda Oy Yerga 356 832 km masofagacha yaqinlashadi, shu sababli u odatdagidan kattaroq va porloqroq ko‘rinadi.
Kuzatish vaqti:
-
To‘liq oy fazasi Toshkent vaqti bilan 18:19 da boshlanadi.
-
Oy Yerga eng yaqin nuqtaga yarim tunda yetadi.
-
Toshkentda Oy chiqishi soat 16:45–17:00 oralig‘ida kuzatiladi.
-
Quyosh botgach, yarim soat ichida Oy gorizontdan baland ko‘tarila boshlaydi.
Qayerdan va qanday kuzatish kerak?
Osmon tiniq bo‘lsa, superoyni butun tun davomida, ya’ni 6-noyabr tongigacha kuzatish mumkin. Eng yaxshi manzara uchun sharq yoki janubi-sharqiy gorizont aniq ko‘rinadigan ochiq joylar tavsiya etiladi.
Ayniqsa, Oy gorizontga yaqin bo‘lgan paytda eng katta va ta’sirli ko‘rinadi — bu holat optik illyuziya tufayli yuz beradi.
Astronomlarning tavsiyasi:
Superoyni kuzatish uchun maxsus jihoz shart emas — ko‘z bilan tomosha qilishning o‘zi kifoya. Ammo fotosuratga olishni istaganlar uchun Oy gorizontdan yangi ko‘tarilayotgan payt eng chiroyli kadrlarni taqdim etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!