2025-yil yanvaridan noyabrigacha O‘zbekistonda chiqindilarni belgilangan va noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 9817 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Ushbu holatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan onlayn IP-kameralar orqali kuzatilgan.
-
Transport vositalari tomonidan sodir etilgan: 3714 ta
-
Fuqarolar tomonidan sodir etilgan: 6103 ta
-
Jarima qo‘llangan holatlar: 2232 ta (956 million 887 ming so‘m jami)
-
Chora ko‘rilayotgan holatlar: 7585 ta
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p holatlar:
-
Andijon: 3001
-
Namangan: 2937
-
Farg‘ona: 1645
-
Samarqand: 981
-
Toshkent viloyati: 434
-
Surxondaryo: 250
-
Sirdaryo: 144
-
Toshkent shahri: 121
-
Xorazm: 117
-
Navoiy: 99
-
Qashqadaryo: 70
-
Jizzax: 16
-
Buxoro: 2
Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlar:
-
2 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar undirildi.
-
812 ta texnika yordamida 585 ta mahalladan 14 ming tonna chiqindi olib chiqildi.
-
8 573 ta ko‘p qavatli uy hududi tozalandi, 2 890 tup daraxt parvarish qilindi.
-
Chiqindidan qarzdorlarning elektr to‘lovi vaqtincha cheklandi (6 mingta abonent).
Yangi tartiblar:
-
2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun uyma-uy to‘lovlar to‘xtatiladi.
-
Sanitar tozalash xizmatlari uchun faqat ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov olinadi.
IP-kameralar chiqindilarni kuzatish bilan birga boshqa ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishga ham xizmat qiladi.
Prezident 2025-yil avgustida chiqindilarni qayta ishlash loyihalarini ko‘rib chiqib, xizmatlar aholi uchun qulay bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!