Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga koʻpaygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,2 %), Pokiston (21,2 %), Xitoy (13,4 %) hamda Qozogʻiston (9,2 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
2024-yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8 % ini tashkil etgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!